"Barselona" sport direktori muxlislardan Andre Gomeshga nisbatan sabrli bo'lishni so'radi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2017, 12:45
"Barselona" sport direktori Robert Fernandes jamoa muxlislaridan yarim himoyachi Andre Gomeshga nisbatan sabrli bo'lishni so'radi.

Futbolchi "Leganes"ga qarshi LaLiganing 23-tur uchrashuvida ishqibozlar tomonidan xushtakbozlikka uchradi.

"Gomeshni uning eng yaxshi holatida ko'ramiz deb umid qilaman. Andre kuchli futbolchi. Ammo "Barselona" o'yiniga ko'nikish uchun unga vaqt kerak" - deydi Fernandes.

"Barselona" muxlislari PSJdan uchralgan yirik mag'lubiyatda Andre Gomeshni aybdor sifatida ko'rishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo