"Barselona" Destning transferini kelasi hafta boshida amalga oshiradi

Alisher
26 sen 2020, 10:13
"Ayaks" o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest "Barselona"ga o'tishga yaqin.

19 yoshli AQSH terma jamoasi o'yinchisi kelasi hafta boshida Kataloniya klubiga o'tishi kerak.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "ko'k-anorranglilar" Dest  bilan 5 yillik shartnoma imzolashadi va uning uchun 20+5 million evro miqdorida mablag' to'lashadi.

Eslatib o'tamiz, Dest "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u AQSH terma jamoasida 2019 yildan buyon to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GuillemBalague