Barselona Dembelega soliqlar bilan yiliga 18 million taklif qildi

Alisher
25 iyun 2022, 16:35
Barselona bosh murabbiyi Xavi Usman Dembeleni jamoada saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Tomonlar shartnoma bandlariga kelisha olishmayapti. Kataloniyaliklar futbolchiga soliqlar bilan yiliga 18 million evro taklif qilishdi. Biroq Fransiyalikning agentlari soliqlarsiz shuncha mablag'ga ega bo'lishmoqchi.

Dembele o'tgan mavsum Barselona tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 13ta assist qayd etdi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com