"Barselona" de Yongni MYUga sotib yuborishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2022, 09:55
"Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yongni "Manchester Yunayted"ga qo'yib yuborishga tayyor.

Inglizlar 25 yoshli futbolchi uchun 60 million evro va yana 20 million bonus taklif qilmoqda. 

Bunday qiziqarli taklif esa kataloniyaliklarni o'ylantirib qo'ygan. 

Nederlandiyalik futbolchining o'zi ketishni istamaydi. Biroq, "Barsa" rahbariyati va MYUning yangi murabbiyi Erik ten Xag (ular o'z vaqtida "Ayaks"da birga ishlagan) uni transferga ko'ndirishi mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca