"Barselona" "Borussiya" futbolchisini xarid qilmoqchi. Bu Sancho emas

Alisher
2 dek 2019, 12:23
Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Yulian Vayglga "Barselona" rahbariyati qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, "ko'k-anorranglilar" anchadan buyon 24 yoshli germaniyalik futbolchini kuzatib kelmoqda.

"Barselona" 2020 yilning yozida Vaygl bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Vaygl joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport