

Futbolchilarning elkasida familiyalar o'rniga Barselona deb yoziladi, ko'krak qismida esa – TotsSomBarcelona (Barchamiz – Barselona) xeshtegi tushiriladi.
Ispaniyada uch kunlik motam e'lon qilingan, chempionatning dastlabki turidan o'rin olgan barcha o'yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Payshanba kuni Barselona shahri markazidagi La Rambla maydonida yuk mashinasi odamlar ustiga yurib ketgan. Policiya bu holatni terakt deb baholadi. 100 nafar inson jarohatlangani aytilmoqda, ulardan 15 nafarining ahvoli og'ir. 13 nafar inson hayotdan ko'z yumgan.





