"Barselona" "Bavariya"ning istagini qondirishga tayyor

Mirjalol Normatov
10 iyul 2022, 14:58
"Barselona" "Bavariya" forvardi Robert Levandovski bilan shartnoma imzolash umididan voz kechgani yo'q.

"Sport1" xabariga ko'ra, "Barselona" Myunxen klubi so'ragan 50 million evroni to'lashga tayyor. "Bavariya" Germaniya chempionati orqali Robertning o'rnini to'ldirib bo'lmasligini "Barselona"ga tushuntirgan. Polshalik futbolchining o'zi esa Kataloniyaga ketishni istamoqda.

Yakunlangan mavsumda 33 yoshli Levandovski "Bavariya" tarkibida 46 o'yinda 50 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klubi bilan shartnomsi 2023 yil yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport1