

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq muammo shundaki, "Bavariya" uni sotmoqchi emas.
Germaniya klubi fransiyalik futbolchini uch yil avval Madridning "Atletiko"sidan 80 million evro evaziga sotib olgandi.
26 yoshli Ernandes joriy mavsumda "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



