"Barselona" "aristokratlar" hujumchisiga qiziqib qoldi

15 yanv 2019, 16:19
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

RMC Sport nashrining ma'lumotiga qaraganda, 32 yoshli futbolchi yanvarda hujum chizig'ini kuchaytirishni xohlayotgan "Barselona" safiga borib qo'shilishi mumkin.  Jiru London klubiga o'tganidan beri 10ta gol urdi, holos. Shunday bo'lsa ham, kataloniyaliklar uning nomzodini ko'rib chiqishmoqda.

Fransiyalik hujumchi o'tgan yili yanvarda "Arsenal"dan "Chelsi"ga o'tgandi. O'sha payt Jiruning transferi 17 million evroni tashkil etgan. Joriy mavsum APLda Olive Jiru 17ta uchrashuvda "Chelsi" libosida harakat qildi (oltita o'yinni asosiy tarkibda boshlagan) va 1ta gol urib, 4ta golli uzatma muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport