"Barselona" argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
16 yanv 2020, 18:47
"Boka Xuniors" himoyachisi Santyago Ramos Mingo tez orada "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Kataloniyaliklar yosh himoyachining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda va tomonlar tez orada transfer bo'yicha kelishib olishadi.

Qayd etish kerakki, 18 yoshli argentinalik futbolchining narxi katta bo'lmasligi mumkin, chunki u hali klubi bilan professional shartnoma tuzmagan.

Mingo "Boka Xuniors" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo bosh jamoada debyut qila olmagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport