"Barselona" Andre Gomeshni Kantega almashtirmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomesh faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Ispaniya klubi xavbekni "Chelsi" futbolchisi N'Golo Kantega almashtirib, qo'shimcha pul to'lashga ham tayyor.

So'nggi mavsum Kante barcha turnirlarda 48ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. 27 yoshli yarim himoyachi JCH-2018da 6ta o'yinda maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com