"Barselona" agar Kesse "Milan"dan bir yildan so'ng erkin agent maqomida ketsa, xavbek uchun kurashadi

Alisher
11 sen 2021, 14:40
Yarim himoyachi Frank Kesse mavsum so'nggida "Milan"dan ketishi mumkin.

Xavbekning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, shundan so'ng u erkin agentga aylanadi.

Ivuarlik uchun kurashga "Barselona" qo'shilishga tayyor, klub bir qancha vaqtdan beri uning shartnomasi bilan bog'liq vaziyatni kuzatadi. Kataloniyaliklar agar u yozda "Milan"dan ketishga qaror qilsa, o'yinchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishadi.

Futbolchiga shuningdek "Liverpul" va "Tottenxem" klublari qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti