"Barselona" 19 yoshli vinger de la Fuenteni 3,5 mln evro evaziga "Marsel"ga sotadi

Alisher
21 iyun 2021, 14:03
"Barselona" vingeri Konrad de la Fuente faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

"Marsel" AQSH terma jamoasining 19 yoshli o'yinchisi borasida kelishuvga erishdi. Klub futbolchi uchun taxminan 3,5 mln evro to'laydi va 4 yillik shartnoma imzolaydi.

De la Fuente ushbu haftada Provansal klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

"Barselona B" o'yinchisi o'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar"ning bosh jamoasida debyut qilgan edi. U Chempionlar Ligasi doirasida 2ta va Ispaniya Kubogi doirasida 1ta o'yin o'tkazdi, har uchchala holatda ham zaxiradan o'yinga qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC