"Barselona" 19 yoshli hujumchisi uchun "Al Hilol"dan 40 mln. evro so'rayapti

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2024
Viktor Roke "Barselona"ni tark etishi mumkin.

19 yoshli forvardga "Al Hilol" qiziqish bildirmoqda, tomonlar muzokara o'tkazishyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi "Barselona"ga futbolchini avval ijaraga olib, keyin sotib olishni taklif qilmoqda. "Barselona" esa futbolchini shu yozda 40 mln. evroga sotmoqchi.

Yakuniy qarorni futbolchining o'zi qabul qiladi.

Roke so'nggi mavsum LaLiganing 19ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport