Barcali: "Yuventus"ning har bir futbolchisi "Real" ustidan g'alaba qozonishimizga ishonadi"

Aslanov Jasurbek
28 may 2017, 15:18
"Yuventus" himoyachisi Andrea Barcali "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi final bahsi haqida fikr bildirdi.

"Kardiffda kuch yetishmasligi muammosi bo'lmaydi, jamoadan ortiqcha hayajonni ham kutmang. "Yuventus" Italiya chempionatidagi so'nggi uchrashuvni o'tkazdi va "Real"ga qarshi o'yin haqida o'ylay boshladi. Hozir "Yuventus"ning har bir futbolchisi g'alabaga ishonadi. Raqib kuchli ekanligini bilamiz, biroq avvalgi uchrashuvlarda ko'rsatgan o'yinimiz bilan, ko'pchilikka bosh og'riq bo'lishimiz mumkin" - deydi futbolchi.

"Real" hamda "Yuventus" o'rtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvi 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium