Balotelli Xitoydan tushgan foydali taklifni rad etganini aytdi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023, 18:43
Italiyalik futbolchi Yevropada qolishni tanlagan.

"Son" hujumchisi Mario Balotelli Xitoydan tushgan foydali taklifni rad etganini aytib berdi.

"Men Xitoydan tushgan taklifini rad etganman, bu arablar taklif qiladiganidan ancha katta edi. Men futbol o'ynashni va Marselda qolishni tanlagandim", – dedi o'yinchi.

Balotelli "Marsel"dan keyin "Breshiya", "Monca" va "Adana Demirspor" klublarida o'ynagan. Hozir 33 yoshli hujumchi Shveytsariyaning "Son" jamoasida to'p tepmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport