Balotelli: "Mourinyo bilan yana ishlashni istayman"

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2014, 14:00
"Milan" hujumchisi Mario Balotelli kelajakda yana Joze Mourinyo bilan birga ishlashni istamoqda.
- Albatta, men yana Joze boshchiligidagi jamoada o'ynashni istayman. Hozir biz do'stlarmiz. Mourinyo jamoasida o'ynash doim qiziqarli. Joze jamoada shunday muhitni yaratadiki, bitta oilaga aylanamiz. O'z navbatida Angliyada "Manchester Siti"dan boshqa klubda o'ynashni tasavvur qila olmayapman, - deydi Balotelli Daily Mirror nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net