Balotelli: "Messini "Yuventus"dagi "etti" bilan tenglashtirmang"

Aslanov Jasurbek
2 may 2019
"Marsel" hujumchisi Mario Balotelli "Barselona" hujumchisi Lionel Messining o'yinidan hayratlanganini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Chempionlar ligasining birinchi yarim final o'yinida "Liverpul"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

"Messi fenomen. Iltimos, futbol haqqi hurmati, uni "Yuventus"dagi "etti" (Krishtianu Ronaldu) bilan tenglashtirmang" - deb yozdi Balotelli.

"Barselona" hamda "Liverpul" o'rtasidagi javob uchrashuvi 7 may kuni "Enfild"da bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/mb459