Balotelli “Breshiya” mashg'ulotlariga keldi, ammo uni bazaga qo'yishmadi

Eldor Akmurzayev
9 iyun 2020, 20:00
“Breshiya” forvardi Mario Balotelli klubning bugungi mashg'ulotlariga kira olmadi.

29 yoshli futbolchi jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilish uchun klub bazasiga kelgan. Klub vakillari esa Marioning ichkariga kirishiga yo'l qo'yishmadi, qayd etilishicha uning kasallik haqidagi guvohnomasi muddati ertaga tugashi tufayli shunday qilingan.

Avvalroq, jamoa ustozi Diego Lopes Balotelli uning ishonchini oqlamagani haqida gapirgandi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com