Balotelli Braziliya chempionatiga yo'l olishi mumkin

Alisher
16 noya 2020
Hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Vasko da Gama" futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshladi. Qayd etish kerakki, rahbariyat italiyalik futbolchi bilan uzoq vaqtdan beri aloqada bo'lib kelmoqda.

Futbolchining o'zi Yevropada qolmoqchi, ammo Mario Braziliya variantini ko'rib chiqadi.

Balotelli o'tgan mavsum "Breshia" safida Italiya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: sport.sky.it