Balotelli atrofida mojarolar davom etadi. Hujumchi A Seriyani tark etishi mumkin

23 noya 2019, 22:39
Bu haqida Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri ma'lum qildi.

"Breshia" klubi hujumchisi Mario Balotelli jamoaning yangi bosh murabbiyi Fabio Grosso bilan mojaro sabab yanvarda Italiyani tark etishi mumkin. Futbolchining yangi jamoasi Istambulning "Galatasaroy" klubi bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Marioning atrofida irqchilik bilan bog'liq mojarolar ro'y bergandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport