Qayg'uli xabar: "Breshia" klubi bankrot deb e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2025
114 yil avval tashkil topgan Italiya klubi 3 million evro miqdoridagi qarzi tufayli bankrot deb topildi.

Italiyaning "Breshia" klubi professional maqomidan mahrum qilinadi va tarqatib yuboriladi.

"Breshia" 1911 yildan beri mavjud. Bu klubda turli yillarda Roberto Badjo, Andrea Pirlo, Xosep Gvardiola, Marek Gamshik, Mario Balotelli, Luka Toni, Georgi Xadji, Sandro Tonali kabi mashhur futbolchilar o'ynagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru