Balde Keytaning yangi jamoasi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
29 sen 2020, 22:26
"Monako" forvardi Balde Keyta "Sampdoriya" futbolchisiga aylandi.

Bu haqda francuz klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. 25 yoshli futbolchi 2020/21 yilgi mavsumni "Sampdoriya" safida ijarada o'tkazadi va shundan keyin klub uni sotib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Oldinroq forvard koronavirusni yuqtirib olgani ma'lum qilingandi, ayni damda u karantinga olingan.

O'tgan mavsumda Keyta "Monako" tarkibida 26 o'yinda 8 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal