Bakkaning agenti hujumchiga "Liverpul" qiziqish bildirayotganini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2015, 19:16
"Sevilya" hujumchisi Karlos Bakka agenti Serxio Barilyaning takidlashicha, uning mijoziga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

"Sevilya" kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynaydigan yaxshi jamoa. Shu sababli, bu klubda qolish fojea bo'lmaydi. Karlos Xitoy yoki BAAda ko'p pul ishlab topishi mumkin, ammo u pulga ko'p ham qiziqmaydi.

Biz uchun uch narsa muhim: Birinchisi: Bakka oilasining baxti. Ikkinchisi: Yaxshi loyihaga ega jamoa topish. Uchinchisi: shartnoma. Uning "Sevilya"dagi maoshi juda yaxshi, ammo ingliz klublari qancha to'lay olishini bilamiz. Amerika Kubogiga ketishdan oldin bizning talablarimizga "Liverpul" to'g'ri kelishini aniqladik" - deydi agent.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com