Bakka: Milan derbisi - bu sovrin uchun bahsdek yuqori qiymatga ega

Aslanov Jasurbek
15 apr 2017, 15:20
"Milan" hujumchisi Karlos Bakka "Inter"ga qarshi o'yin ahamiyati qay darajada muhimligini ta'kidlab o'tdi.

- Butun hafta davomida biz ushbu muhim o'yinga tayyorgarlik ko'rdik va hozirda barcha diqqat-e'tiborimiz derbiga qaratilgan. Berluskoni, Galliani va Rokko Mayorino uchun oxirgi kunlar juda qiyin o'tdi. Berluskoni, Galliani nihoyat klubni sotishdi va muzokaralar ancha cho'zildi. Lekin futbolchilar klubni kimga o'tishiga emas, balki muhim bellashuvga tayyorlanish haqida o'ylashdi. Men shaxsan Berluskoni va uning oilasiga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, meni klubga olib kelgan Galliani va Mayorinoga ham alohida rahmat aytaman. "Milan" libosida harakat qilar ekanman, men doimo bor kuchimni sarflashga va jamoaga naf keltirishga harakat qilaman.

Derbi bu biz uchun eng muhim to'qnashuv. Bu kabi o'yinlarda xarakterga juda ko'p narsa bog'liq. Bu derbi sovrin uchun bahsdek yuqori qiymatga ega.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com