Bahrayn - KXDR. Uchrashuvni eronlik hakamlar boshqarib borishadi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2015, 14:14
JCH-2018 saralashi doirasidagi Bahrayn va KXDR o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasining guruhidan o'rin olgan bu o'yinni eronlik hakamlar boshqarib borishadi. Bosh hakam Muhsin Turkiga qanotlarda Muhammadrizo Abulfazli va Said Alinezadian yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Hasan Akrami ishlaydi.

Ma'lumot uchun, guruhda KXDR va Filippin terma jamoasi hisobida 6tadan ochko bor. Bahrayn, O'zbekiston va Yaman hisobida hozircha ochko yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia