Bahodir Nasimov mavsumdagi beshinchi golini urdi, "Neftchi" yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2013, 21:52
Ozarboyjon premer ligasida 12-tur o'yinlari boshlandi.
Bokuning "Neftchi" klubi o'z uyida "Xazar Lyankaryan"ni qabul qilib yirik g'alabaga erishdi - 4:1. Uchrashuvdagi hisobni hamyurtimiz Bahodir Nasimov ochdi. Mavsumdagi o'zining beshinchi golini urgan hamyurtimiz o'rniga 60-daqiqada Ernest Nfor maydonga tushdi.

Bu g'alabadan so'ng "Neftchi" hisobidagi ochkolar soni 25taga etdi. Klub kamida ertagacha musoabqa peshqadami bo'lib turibdi. Sababi 24 ochkoga ega bo'lgan "Qorabog'" ertaga o'z o'yinini o'tkazadi.

NEFTCHI – XAZAR-LYANKARAN - 4:1
Gollar
: Bahodir Nasimov, 45 (1:0), Shukyurov, 66-pen. (2:0) Nfor, 90 (3:0), Mbilla 90+2 (3:1) Flavinyu, 90+3 (4:1)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia