

Ushbu turda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi. Bo'lib o'tadigan bahsdan oldin "Bunyodkor" klubi hujumchisi Bahodir Nasimov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Terma jamoa yig'iniga jalb qilingan futbolchilarimizning barchasi tarkibga kelib qo'shilishdi. Biz har bir uchrashuvda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Mashg'ulotlarda barcha elemantlarga e'tibor qaratdik. Jismoy tayyorgaligimiz ham etarli darajada bo'ldi. Nasib qilsa bugun muxlislarimizni xursand qilamiz", - deydi "Bunyodkor" jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov.
Jahongir Sotvoldiev



