BAA terma jamoasi 3 mart kuni Toshkentga keladi

20 fev 2014, 02:32
Kecha BAA futbol qo'mitasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bu haqida BAA Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.  O'zbekiston bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan rejalar belgilab olindi. Osiyo kubogi-2015 saralashining so'nggi turiga jiddiy e'tibor qaratgan BAA terma jamoasi 3 mart kuni Toshkentga yetib keladi. 28 fevral kuni jamoa bosh menejeri Muftir Al Shamsi va jamoa bosh murabbiyi Ali Maxdi Toshkentga yetib keladi va ikki kun davomida jamoa yashaydigan joy , mashg'ulot bazasi va stadion bilan tanishadi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogi-2015 saralashining so'nggi tur uchrashuvi 5 mart kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: championat.asia