

"Sharja" - "Xatta" 3:0
O'yinda Otabek Shukurov va Dostonbek Hamdamov asosiy tarkibda maydonga tushishdi. "Sharja"ning asosiy o'yinchilaridan bo'lmish Shukurov o'yinni to'liq maydonda o'tkazgan bo'lsa, Hamdamov 62-daqiqada zaxiraga olindi.
"Bani Yas" - "Shabab Al Ahli" 0:0
Turnirning markaziy o'yini nursiz durang bilan yakunlandi. Mehmonlar safida xavbek Odil Hamrobekov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, jamoa yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov esa 2-taym boshidan o'yinga qo'shildi. Jamoadagi 3-o'zbekistonlik o'yinchi Aziz G'aniev esa mashg'ulotlarni boshlab yuborgan va birozdan so'ng u ham maydonga tushishi mumkin bo'ladi.




