BAA chempionati. Bugun Masharipov Dostonbek Hamdamovga qarshi o'ynaydi, Shukurov esa...

18 fev 2021, 14:15
Bugun futbol bo'yicha Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 17-tur bahslari start oladi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasining 4 nafar asosiy o'yinchisi mazkur musobaqada o'ynaydi. Quyida sevimli futbolchilarimizning bo'lajak o'yinlari haqida ma'lumot beramiz.

"Al Dafra" - "Sharja"

Otabek Shukurov "Al Sharja" jamoasi sharafini himoya qilishini bilasiz. Sharjaliklar ayni paytda musobaqa jadvalida "Al Jazira" bilan qo'shhokimlik qilishmoqda. Bugungi raqib - "Al Dafra" esa turnir jadvalida 10-pog'onani egallab turibdi. 

Eslatib o'tamiz, "Sharja" 16-tur uchrashuvini 13 fevral kuni "Al Ayn"ga qarshi o'tkazib, 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Otabek Shukurov o'sha o'yinda to'liq harakatlandi va uchrashuvning oxirgi daqiqalarida sariq kartochka ishlab oldi. 

Jamoaning "Al Dafra"ga qarshi o'yini Toshkent vaqti bilan 18:30 da start oladi. Ucharshuvni quyidashi havolalar orqali kuzatishingiz mumkin.

Translyatsiyaga havola

"Xatta" - "Shabab Al Ahli"

Toshkent vaqti bilan 21:15da esa Azizjon G'aniev va Jaloliddin Masharipov o'ynayotgan "Shabab Al Ahli" hamda Dostonbek Hamdamov to'p tepayotgan "Xatta" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv start oladi. Afsuski, G'aniev ushbu o'yinni jarohat tufayli o'tkazib yuboradi. Hamdamov va Masharipovlar esa maydonga tushishi mumkin.

"Shabab Al Ahli" ayni paytda 26 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Xatta" 5 ochko bilan oxirgi pog'onada boryapti. Eslatib o'tamiz, har ikki jamoa 16-tur bahslarini 13 fevral kuni o'tkazgan edi. "Shabab Al Ahli" "Al Vahda" bilan jangovar durangga rozi bo'lgan bo'lsa, "Xatta" "Ayman" jamoasini yirik hisobda mag'lub qilgan edi. O'sha kuni Jaloliddin maydonda 66 daqiqa, Doston esa 83 daqiqa harakatlandi.

O'zbek futbolchilari o'rtasidagi derbini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Translyatsiyaga havola


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia