BAA chempionati. “Shabab Al Ahli” jangovar durang o'ynadi. G'aniev jarohat oldi, Masharipov 66-daqiqada almashtirildi

Eldor Akmurzayev
13 fev 2021, 22:20
Musobaqa 16-turidan o'rin olgan “Shabab Al Ahli” – “Al Vahda” bahsida 2:2 hisobi qayd etildi.

Mezbonlar uchrashuvni bir kishi kam bo'lib yakunladi. 90+4 daqiqada Al Naqbiga hakam tomonidan 2-sariq kartochka ko'rsatildi va u maydondan chetlatildi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Azizjon G'aniev 2-taym boshlarida jarohat oldi va uning o'rniga boshqa bir yarim himoyachi Iyd Hamis maydonga tushdi.

Jaloliddin Masharipov esa 66-daqiqada hujumchi Yahyo Al Hassaniga almashtirildi.

Dubayliklar turnir jadvalida 26 ochko to'plagan holda 5-o'rinda bormoqda.

“Shabab Al Ahli” – “Al Vahda” 2:2 (1:1, 1:1)

“Al Rashid” stadioni

Gollar: Janluka Munis 26 – 0:1, Muhammad Juma 34 – 1:1, Eduardu 59 – 2:1, Hamis Ismoil 60 – 2:2

“Shabab Al Ahli”: Hamza, Haykal, Jobir, Al Kamoli, Sankur, Al Naqbi, G'aniev (Hamis, 57), Muhammad Juma (Al Hasmi, 89), Eduardu, Masharipov (Al Hassani 66), da Kruz

Chetlatish: Al Naqbi (2-sariq)

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia