BAA chempionati. "Sharja" "Al Ayn"ga engildi, Shukurov so'nggi daqiqalarda sariq kartochka oldi

Sherzod Nurmatov
14 fev 2021, 01:39
BAA chempionatining 16-turida hamyurtimiz Otabek Shukurov harakat qiladigan "Al Sharja" klubi o'z maydonida "Al Ayn"ni qabul qildi va mag'lubiyatga uchradi (1:2).

Mezbonlarning yagona golini Kayo urgan bo'lsa, Nader va Labaning gollari mehmonlarga g'alaba keltirdi.

16 turdan so'ng 36 ochko to'plagan "Sharja" turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.  "Al Ayn" esa 27 ochko bilan 4-o'ringa joylashgan.

Turnir jadvali 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia