

“Azmunning kelajagi bilan bog'liq vaziyat hali aniq emas. Ko'pchilik u faoliyatini qayerda davom ettirishiga qiziqmoqda. Hozir bu haqda hech narsa demoqchi emasman. O'ylaymanki, bir necha kun ichida barcha masala hal bo'ladi va keyin bu holatga sharh berish mumkin”, deydi agent.
Ilgariroq futbolchining agenti mijoziga Angliya va Ispaniya klublaridan takliflar bo'layotganligi haqida gapirgandi.



