Aziz To'xtamurodov: "Qur'a oldidan aksar jamoalar "Lester"ni istagandi"

12 apr 2017, 16:31
Saytimiz xodimi Aziz To'xtamurodov YCHL chorak final doirasidagi bugungi bellashuvlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.


"Borussiya D" - "Monako"

- Fikrimcha, aynan ushbu bahs bugungi uchta o'yin ichida eng tomoshabopi bo'ladi. Intriga masalasida ham ushbu to'qnashuv qolganlarga nisbatan yetakchi bo'lsa kerak. Umuman, ushbu o'yinni faqat va faqat tomosha qilish kerak. Ortiqcha gap-so'zga hojat yo'q.

"Atletiko" - "Lester"

- Qur'a oldidan aksar jamoalar "Lester"ni istagandi va yakunda "tulkilar" Madridning "Atletiko"siga nasib etdi. Ammo, "Lester" Evrokubokda ajoyib ishtirok etmoqda va "matraschilar" uchun chaqilmas yong'oq vazifasini bajarib bera olishi kerak. O'yin Ispaniyada bo'lib o'tayotganini hisobga olsak, ushbu bahsda "Atletiko" 1-2 to'p farqi bilan g'alaba qozonsa kerak.

"Bavariya" - "Real"

- Chorak finaldagi eng "yulduzli to'qnashuv". Ushbu juftlikda ham keyingi bosqichga kim chiqishini oldindan aytish mushkul. Lekin, shunisi aniqki, bugun "Bavariya" o'z maydonida bo'lib o'tadigan o'yinda to'plar nisbatini yaxshilab olishga astoydil harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia