

"Menga qolsa, Janubiy Koreya va Yaponiya bilan umuman bir guruhga tushmaganimiz maqul. Lekin ikkala jamoadan biri har qanday holatda ham qur'adan keyin bizning guruhga tushadi. Jahon chempionatiga chiqishni xohlayotgan ekanmiz bunday kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarga tayyor turishimiz kerak. Terma jamoamizning ikkinchi saralash bosqichidagi barcha o'yinlarini ko'rdim. Ayrim o'yinlarda qiyinchilik bilan g'alabaga erishdik. So'nggi bosqichda bizni qanday o'yinlar kutib turganini tasavvur qilish qiyin emas. Fursatdan foydalanib, terma jamoamizga omadli qur'a tushishini tilab qolaman", - deydi Aziz Ibragimov.
Kamoliddin Alimov yozib oldi
Kamoliddin Alimov yozib oldi



