Aziz Ibragimov Eronda o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2017
O'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Ibragimov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin.
O'tgan mavsum "Buxoro"da o'ynagan Ibragimov Eronning "Mashina Sozi" klubida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tomonlar shartnoma borasida kelishib olishsa bo'lgani. Bu haqda parsfootball.com nashri xabar berdi.

Tabrizning "Mashina Sozi" klubi Eron pro ligasida 19ta turdan so'ng 10 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia