Aziz Ibragimov Eron klubi bilan shartnoma tuzdi FOTO

Narzulla Saydullayev
1 fev 2017, 21:55
O'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Ibragimov faoliyatini Eronda davom ettiradi.
O'tgan mavsum "Buxoro"da o'ynagan Ibragimov Eronning "Mashina Sozi" klubida tibbiy ko'rikdan o'tdi va shartnoma tuzdi. Tabrizning "Mashina Sozi" klubi Eron pro ligasida 19ta turdan so'ng 10 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.

Aziz Ibragimov faoliyati davomida "Traktor", "Sho'rtan", "Mashal", "Slovan" (Slovakiya), "Bogemians 1905" (Chexiya), "Cindao Jonun" (Xitoy), "Banik Most" (Chexiya), "Cheske Budeyovice" (Chexiya), "Bogemians" (Chexiya), "Andijon", "Dinamo", "Buxoro" klublarida faoliyat olib borgan. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia