Aziz G'aniev Yaponiyada (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
25 avg 2018, 17:10
"Nasaf" yarim himoyachisi Aziz G'aniev chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Yaponiyaga yetib bordi.

G'aniev "Instagram"ga Tokio shahridan surat joyladi. Futbolchi rasmda "Jubilo Ivata" yarim himoyachisi Fozil Musaev bilan birga.

Shifokorlar tashxisidan so'ng Aziz G'aniev jarrohlik stoliga yotishi yoki muloajalar yordamida safga qaytishi ma'lum bo'ladi.

"Nasaf" yarim himoyachisi "Navbahor"ga qarshi Superliga uchrashuvida shikastlanib, jarohatini yangilab olgan edi. Ushbu jarohat tufayli Aziz G'aniev Osiyo o'yinlarida ishtirok eta olmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia