Azar: "Zidan qaytganidan xursandman"

Aslanov Jasurbek
12 apr 2019
"Chelsi" vingeri Eden Azar "Real"ga ehtimoliy o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Real" futbolchisi emasman, ammo Zidan muxlisi sifatida u qaytganidan xursandman, chunki futbolga Zidan kerak. Bu "Real" va uning muxlislari uchun yaxshi. Qolgan jamoalar esa aksincha, chunki Zidan "Real" bilan ko'p g'alabaga erishadi, raqiblarga qiyin bo'lishi aniq.

Hozir kelajagim haqida gapirmoqchi emasman. Har tomonda mish-mishlar tarqalmoqda, biroq hozir bor e'tiborim "Chelsi"ga qaratilgan. Yevropa ligasida g'olib bo'lsak mavsum biz uchun juda yaxshi yakunlangan bo'ladi. Bor kuchimizni berishga to'g'ri keladi. Shundan so'ng ko'ramiz, nima bo'lar ekan" - deydi Azar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News