Azar faoliyatini yakunlaganini e'lon qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2023
Belgiyalik futbolchi yangi jamoa topmagan.

"Chelsi" va "Real" sobiq futbolchisi Eden Azar butsasini mixga ilish niyatida. Bu haqda Ispaniya OAV xabar bermoqda.

Azaor iyun oyida "Real" bilan hamkorlikni tugatdi va erkin agentga aylandi. Eden Saudiya Arabistoni yoki Shimoliy Amerika MLS ligasida o'ynashni rejalashtirgan, biroq hech qanday taklif olmagan.

Shu munosabat bilan Eden professional futbolni tark etish haqida o'ylamoqda. U tez orada bir qarorga keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/DeadlineDayLive