Azamat Abduraimov: "O'yindan qoniqdim, natijadan emas"

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2014, 21:24
Bekobodda kechgan "Metallurg" - "Andijon" o'yinidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "burgutlar" bosh murabbiyi Azamat Abduraimov qatnashdi.
- Haqiqatdan ham bugun o'yin asabiy o'tdi. Shogirdlarim astoydil harakat qildi. Ular g'alab uchun bor kuchlarni berishdi. Shuning ortiqcha etiroz yo'q. "Metallurg"ni esa haqiqiy g'alaba bilan tabriklayman, - deya gap boshladi Azamat Birodarovich.

- Uchrashuvdan ko'nglim to'ldi. Lekin natija bizni qanoatlantirmadi. Menimcha hakamning xatosi natijaga salbiy ko'rsatdi deb o'ylayman. Chunki penalti belgilangan vaziyatda ehtimol haqiqatdan ham 11 metrlik jarima to'pi bo'lgandir, lekin himoyachimizni chetlatishi kerak emas edi.

- Keyingi turda "So'g'diyona"ni qabul qilamiz. Bo'lajak bahsda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand etishimiz kerak bo'ladi, - deydi Abduraimov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia