Azamat Abduraimov: "G'alabali kunlar kelishiga ishonaman"

Narzulla Saydullayev
30 mar 2014, 09:58
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida andijonliklar bosh murabbiyi Azamat Abduraimov qatnashib jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Albatta, bugungi natijadan qoniqish hosil qilganim yo'q. Chunki o'z maydoningda yutqazish alamlidir. Buning ustiga ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham yutqazdik. Bugungi o'yinni ko'rib chiqib xatolarimizni tahlil qilamiz. Ayni paytda bizga gol yetishmayapti. Negadir hujumchilarimiz imkoniyatlardan foydalana olmayaptilar. Futbolchilarga qanotlardan hujumlar tashkil etib, raqibga nisbatan bosim uyushtirish kerakligini uqtirgandim. Lekin ular ko'rsatmalarimni bajara olishmadi.

Bugun o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik. Bunga maydonning holati ham kombinacion o'yin ko'rsatishimizga to'sqinlik qildik. Yutqazgan bo'lsak-da, “Mashal”dan kuchsiz edik deb ayta olmayman. Ammo yana standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Negadir so'nggi daqiqalarda yigitlar o'yinni bo'shashtirib yuborishmoqda. Ketma-ket uchinchi mag'lubiyatimizni tan olgan bo'lsak-da, qo'limizni tushirmoqchi emasmiz. Bugungi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'rayman. Vaziyatni o'zgartirishga astoydil harakat qilamiz. Albatta, oldinda g'alabali o'yinlarimiz ko'pligiga ishonaman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia