Ayollar o'rtasida Olimpiada O'yinlari saralash bahslariga Iordaniya mezbonlik qiladi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2014, 15:19
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2016 yilgi Olimpiada o'yinlari ayollar o'rtasidagi futbol musobaqasi saralash bahslariga Iordaniya mezbonlik qilishini tasdiqladi.
Osiyo qitasi saralash bahslari 1-bosqichida O'zbekiston U-23 ayollar terma jamoasi Iordaniya, Gonkong va Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib borishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

OFK qaroriga ko'ra, Iordaniya poytaxti Amman shahri mazkur saralash bahslariga mezbonlik qiladi. Taqvimga ko'ra, saralash bahslari kelasi yilning 11-15 mart kunlari bo'lib o'tadi. .

Ayollar o'rtasida Olimpiada O'yinlari - 2016. Rio-de-Janyero.
Saralash 1-bosqichi. Amman, Iordaniya.
B guruhi.

 Iordaniya
 O'zbekiston
 Gonkong
 Falastin

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com