Ayollar futboli. O'zbekiston Janubiy Koreyaga yirik hisobda yutqazdi va Osiyo chempionatiga chiqa olmadi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2021, 18:09
2022 yilgi Osiyo chempionati uchun saralash bahslari davom etmoqda.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Janubiy Koreyaga 0:4 hisobida yutqazdi. Shunday qilib koreyslar Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi, qizlarimiz esa qita chempionatidan chetda qolishdi.

Ma'lumot uchun, bundan oldin O'zbekiston ham, Janubiy Koreya ham Mo'g'ulistonni bir xil 12:0 hisobida mag'lub etgandi. 



 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia