Ayollar futboli. "Nasaf" 6 noyabr kuni klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirokini boshlaydi

Оқил Абдубарноев
2 noya 2023, 19:27
6–12 noyabr kunlari ayollar futbolida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkaziladi.

O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan mamlakatning amaldagi chempioni Qarshining "Nasaf" ("Sevinch") klubi dastlabki uchrashuvda Koreyaning "Hyunday" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs 6 noyabr kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Shuningdek, "Nasaf" ("Sevinch") ayollar klubi 9 noyabr Avstraliyaning "Sidney", 12 noyabr kuni esa Eronning "Bam Hatun" jamoalari bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia