"Ayntraxt": "Yovich borasida bir necha klublar taklif bilan chiqdi, ammo "Real" emas"

Mirjalol Normatov
5 may 2019, 12:48
"Ayntraxt" sport direktori Fredi Bobich hujumchi Luka Yovichning "Real"ga o'tgani borasidagi xabarlarni inkor etdi.

"Bir necha klublar Yovich borasida taklif bilan chiqqani rost. Ammo ular orasida "Real" yo'q. Aldamayapman. Ular haqiqatdan ham biz bilan bog'lanmadi", - dedi Bobich.

Bu mavsumda 21 yoshli Yovich "Ayntraxt" tarkibida barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashib, 26 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN