"Ayaks" sardori: "Hakam o'yinni rasvo qildi"

Alisher
6 noya 2019
Amstyerdamning "Ayaks" jamoasi sardori Dushan Tadich YCHL doirasidagi "Chelsi" (4:4)ga qarshi o'yindan so'ng bosh hakam Janluka Rokkini tanqid qildi.

"Kimdir o'yinni rasvo qilishidan oldin hammasi nazorat ostida edi. Qanday qilib bitta holat uchun ikki futbolchini maydondan chetlatish mumkin? Buni umuman tushunmadim.

Jamoadan faxrlanaman. Biz 9ta bo'lib ham durangga erisha oldik. Ammo, biz juda ham norozimiz", - deydi Dushan Tadich.

YCHL guruh bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganda "Ayaks" "H" guruhida 3-o'rinni egallab turibdi.


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf