“Ayaks” “Real” futbolchisini 2 yilga ijaraga olishi mumkin

30 apr 2019, 09:45
“Real” futbolchisi “Ayaks”ga o'tishi mumkin.

Ayni damda “Vitess” jamoasi ijara asosida to'p surayotgan Martin Edegorni “Real” sotmoqchi emas, biroq klub uni yana ijaraga berishi mumkin. Futbolchiga asosiy da'vogar esa “Ayaks” bo'lib turibdi. Ma'lum bo'lishicha, klublar yaqin kunlarda futbolchining ijarasi bo'yicha muzokara o'tkazadi. Amstyerdam jamoasi uni 2 yilga ijaraga olishni ko'zlamoqda. Joriy mavsum Edegor Niderlandiya chempionatida 29 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: De Telegraaf