"Ayaks" Gollandiya chempionati rekordini o'rnatdi FOTO

Narzulla Saydullayev
14 may 2017, 17:09
Bugun Gollandiya chempionatida mavsumning so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Chempionatda ikkinchi o'rinda borayotgan "Ayaks" klubi safarda "Villem II" mehmoni bo'ladi. Ushbu bahsda Amstyerdam klubi asosiy tarkibining o'rtacha yoshi 20 yosh 139 kunlik bo'ladi. Bu Gollandiya chempionatlaridagi mutloq rekord hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, peshqadam "Feyenoord" o'z uyida "Xerakles"ni mag'lub eta olmasa va "Ayaks" 3 ochko olsa Yevropa ligasi finalchilari chempion bo'lib ketishlari mumkin.

So'nggi tur o'yinlari Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

Gollandiya chempionati. >> Musobaqa jadvali <<



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: brfootball